16:10 / 06.05.2020
48565
Farg‘ona vodiysida yer silkinishi qayd etildi

Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan yer silkinishi Farg‘ona vodiysida sezildi.

Foto: Global Look Press/Muhammad Fauzy

Bugun, 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:51da Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 39,79 gradus shimoliy kenglik, 73,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik h=10 km. 

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkentgacha masofa 431 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan - 234 km, 2 ball;
Andijon - 174 km, 3 ball;
Farg‘ona  - 194 km, 2 ball.

Top