15:38 / 07.05.2020
7525

Oltiariqda qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 4 may kuni IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida Yorqin ko‘chasida yashovchi O.A. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, tanishlari M.X., N.X. va A.U.ni qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 880.000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yetti yilgacha ozodlikdan  mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Top