Bugun, 7 fevral kuni xalq deputatlari Oqqörğon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari taniştirildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, sessiyada qatnaşgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari iş boşlaganini ma’lum qildi.  

Bu lavozimga şu vaqtga qadar Farğona viloyatining Oltiariq tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Xolmirza Niyozov tayinlandi.

Eslatib ötamiz, 2021 yil yanvaridan dekabriga qadar Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan Uluğbek Uzoqov Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgandi.

Avvalroq, Oqqörğon tumani hokimi Farhod Omonov Toşkent viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar işlari böyiça maslahatçisi etib tayinlangandi.