Darhaqiqat, Farğonaning bu tumaniga kelsangiz, mahalliy odamlarning boğdorçilik borasida ança ustamon bölib ketganiga guvoh bölasiz. Oltiariqning zahmatkaş boğbonlari bugun nafaqat Özbekiston, balki qöşni respublikalarda ham dovruq qozonişgan.


Çinortagi köçasi 81-xonadonga kirib borar ekanmiz, darvozadan xonadon içra ötişimiz bilan xuddi kuz faslida bölganidek söritok uzra yastanib yotgan uzumlarga közimiz tuşdi.
Işoniş qiyin. Ayni paytda qiş fasli hukmron bölişiga qaramay, uzumning bir neça turi söritokda ğarq pişib yotardi.


Fayzli özbek xonadonlaridan biri. Darvozadan kiraverişda söritok ustidan ustalik bilan «tselofan qoğoz» tortilgan.

Xonadon darvozasiga uzumlarga sovuq havo zarar yetkazmasligi uçun hovli içkaridan maxsus material qoplangan. Bularning barçasi xonadon sohibi Husanboy Ğofurovning aynan qiş pallasida uzumlarni tok ustida saqlaşda öta ehtiyotkor ekanidan darak berardi.

Yillar davomidagi mehnati e'tirof etilib, 2020 yilning dekabr oyida «Namunali tomorqaçi» kökrak nişoni bilan taqdirlangan Husanboy aka uzum yetiştiriş va uni saqlaş sir-asrorlari bilan örtoqlaşdi.


«Xonadonimizdagi uzumlarni bir neça yillardan buyon «tokning ustida saqlaş» usulida saqlab kelyapmiz. Uzum parvarişiga alohida e'tibor qaratamiz.

Kuzda pişgan uzumlarni iyun oyigaça saqlaşning özi bir maşaqqat. Saqlaşning esa 3 xil turi bor: tok ustida saqlaş (uzum pişgan vaqtda uni uzmay joyida qoldiriş), bakalaşka uslubi (uzum ğarq pişgan payti uning kaltagi bilan kesib bandini suvga solib qöyiş) hamda ota-bobolarimizdan qolgan eski saqlama (oktyabr oyida uzum uzib qöyiladi va yaşiklarda omborda saqlanadi) uslubi.



Uzumçilik bilan şuğullanişni boşlaganimga 50 yil böldi. Har qanday sohaning ham öziga yaraşa oğir va yengil tomonlari bor. Har bir sohada izlanib turmasangiz, zamondan orqada qolib ketişingiz heç gap emas. Izlanişlar samara berib, 15–20 yildan buyon «bakalaşka» uslubida saqlagan uzumlarimizni may oyigaça asl holidek saqlaşga erişib kelmoqdamiz.

Mana, yanvar oyi ham poyoniga yetib boryapti, lekin hali biz «bakalaşka» uslubidagi uzumlarni sotişni boşlamadik. Mart oyiga ötib bu usulda saqlangan uzumlarni sota boşlaymiz. Hozirgi paytda bandi quruq uzumlarni mahalliy bozorlarga va qöşni Tojikistonga sotyapmiz.
Izlanişlarimizga köra, odatda uzum iyun-iyul oylarida pişadigan bölsa, to keyingi uzum pişguniça eski uzumni saqlaş usullarini özlaştirdik.
Hozirda bizda uzumning 25 xildan ortiq turi mavjud. Tok ustida qişda ham 5–6 xil uzum navini saqlab kelmoqdamiz. Bular – «husayni», «kelin barmoq», «ulkan», «qora janjal», «F1» kabi navlardir.

Oltiariqqa atrofdan, qolaversa, xorijdan köplab mehmonlar qadam ranjida qilib turadi. Kelgan mehmonlarga uzumlarni tepasidan uzib beramiz.
Tok uslubidagi uzumlarni ham may oyigaça saqlab kelyapmiz. Eng asosiysi, tok ustidagi uzumlar bahorgaça öz mazasini yöqotmaydi. Kelgan mehmonlar esa ayniqsa qiş faslida uzumni tepasidan uzib yegisi keladi.

Avvallari tajriba yetişmasligidan ota-bobolarimizdan qolgan eski saqlama usulida uzumlarni uzoq muddat saqlay olmayotgan edik. Bu usulda saqlangan uzumlarni juda borsa fevral oyigaça «uşlab» turardik. Izlanişlar natijasida hozirda ombordagi uzumlarimizni oktyabr oyida novdasidan qanday holatda uzsak, to uzum pişadigan iyun oyigaça xuddi şunday asl holatidek saqlab turişga erişdik.
Uzum köçatini tuproqqa qanday ötqaziş, uni qaysi paytda xomtok qiliş, qanday parvariş qiliş – bularning barçasining öz sir-sinoatlari bor.
Ba'zida kuz oyi har doimgidan köra issiq böladi, yoki sovuq erta kelişi mumkin. Ayrim yillari uzumni sentyabr oyida uzişga töğri keladi. Hattoki kuz issiq kelib hosilni noyabr oyida uzgan holatlar ham bölgan. Ob-havoning qanday kelişiga qarab uzum parvariş qilinib, uziladi.
Iqlim özgargani bois parvariş ham har yili özgarib turadi. Faoliyatimizga iqlim şaroiti çambarças boğliq.

4 öğlim bor. Kerak bölsa, 12 yaşar nevaralarim ham uzum parvarişida menga yordam berib kelişadi. Zaruriy holatda oilamizda işçi kuçi yetişmasa, taşqaridan ham işçi yollaymiz. Parvariş köngildagidek bölsa, mana körib turganingizdek uzum iyun oyigaça turişi mumkin.
Uzumlarning yildan yilga hosildorligi kamayib boryapti. Sababi – iqlim özgarişi, turli kasalliklarning köpayib ketişi. Ötgan yili negadir uzumlar har yilgidan köra kam hosil berdi. Yoşligimizda noyabr oyida ham uzum barglari yam-yaşil bölib barq urib turardi, bir neça yillardan buyon ayni meva ğarq pişadigan iyun oyidayoq barglari sarğayib sölib boryapti», – deydi biz bilan suhbatda Husanboy Ğofurov.
Alloh bergan ne'matni qarangki, boğbon Husanboy Ğofurov özi egiz bölgani uçun uning ikki öğli ham egiz tuğilgan ekan. Oilada Husanboy Ğofurovlar ikki nafar ekan.
Egizak öğillaridan biri Husanboy Ğofurovga quloq tutamiz.
«Oilada 4 öğil va 1 qizmiz. Akamning öğillari va kelinlar bilan oilaviy qöl mehnati bilan uzumlarni parvarişlab, boğbonçilik bilan şuğullanib kelmoqdamiz.

Dadamizning körsatmalari bilan uzumlarni saqlaş sir-sinoatlarini qunt bilan örgandik. Dadam 50 yildan buyon boğdorçilik bilan şuğullanib keladi. Kelajakda omborxonalarni yana ham kengaytiriş niyatimiz bor.
Xonadonimizni «Oltiariqning eng baxtiyor oilasi» desak arziydi. Uzumçilik ortidan kam bölganimiz yöq. Uzumçilik orqasidan 2 ta namunaviy uy oldik, tagimizda zamonaviy maşina. Doim Allohga şukr aytib kelamiz. Mehnatimiz ortidan, dadamning bizga bergan tarbiyalari ortidan ustimiz but, qornimiz töq».
Oltiariqlik oddiy, zahmatkaş özbek xonadon a'zolarining tirişqoqligi, özaro ahilligi, mehnatsevarligi tahsinga loyiq. Bobodehqonning yetiştirgan sarxil uzumlari bugun dasturxonimizga fayz ulaşib turibdi. Ayni organizmda vitamin yetişmagan paytda ular bu böşliqni töldiryapti.
E'tibor bersak, hovliga, tokning şundoq yonginasiga kivi daraxti ham ötqazilgan ekan. Demak, kelajakda oila kivi daraxti parvarişini yölga qöyişga ahd qilgan.
Söritokka osib qöyilgan quşlar qişda ham tinimsiz sayrab köngilni yayratadi. Hovli sahnida öynab yurgan Husan toğaning nabirasi, goh qafasdagi quşlarni sayratar, goh tomorqada yurgan ğoz va tovuqlarga don berardi. U ham ulğayib mohir boğbon bobosining uzumçilik işini davom ettirsa ajab emas...
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov.











