Jamiyat | 23:43 / 07.05.2020
7491
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi Sirdaryoga ish qurollari va hunarmandchilik buyumlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi navbatdagi xayriya yuklarini Sirdaryoga yubordi. 

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Palata matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, hunarmandlar yasagan uy-ro‘zg‘or buyumlari va ish qurollari Savdo-sanoat palatasi tomonidan sotib olinib, "Sardoba" suv omboridagi ofatdan talafot ko‘rgan oilalarga topshiriladi.

«Bu orqali karantin davrida uy sharoitida ish olib borayotgan va iqtisodiy jihatdan murakkab ahvolga tushib qolgan hunarmandlar ham qo‘llab-quvvatlandi.

Xayriya yuklari talafot maydonlarini tozalash va qayta tiklash uchun ish qurollari hamda uy ro‘zg‘or buyumlaridan iborat bo‘ldi.

Jumladan, bu vositalar jami 120 mln so‘mlik 2000 ta ketmon, 1000 ta kurak, 2000 ta chelak, 2000 ta tesha hamda 1000 ta choynak, 4000 ta piyola, 1000 ta kosa, 2000 ta tog‘orani tashkil qiladi», – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid