13:45 / 14.05.2020
26958
FVV Sirdaryoda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yangi ma'lumot berdi

Sirdaryoda ekish imkoniyati mavjud maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 mln. dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlandi. Hozirgi kunga qadar 80 ga tomorqa maydonlariga ekin ekish ishlari amalga oshirildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV xabariga ko‘ra, toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 281 ta maxsus texnika jalb etilib, 83 ta ko‘chma dizel nasos agregati olib kelindi.

Shuningdek, kirish imkoniyati yuzaga kelgan, sug‘orishda foydalaniladigan 3 ta nasos stansiyasi va 1 ta tik quduqda suv chiqarish, tozalash va kamchiliklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

Xususan:

markaziy tarmoq kanalida 139,4 ming. m3 tuproq qazish ishlari olib borilib, 20,0 ming. m3 damba ko‘tarildi;

o‘ng tarmoq kanalida 28,7 ming. m3 tuproq qazish, 15,8 ming. m3 damba ko‘tarish hamda 100 m3 beton ishlari;

chap tarmoq kanalida 55 ming. m3 tuproq ishlari va 18 ming. m3 damba ko‘tarish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Oqoltin tumanida PR-1-5 va PR-1-4 kanallarida 4,9 ming m3 tuproq ishlari, Mirzaobod tumanidagi SR-9, YuR-9-1-1 va SR-9-2 kanallarida 43 ming m3 tuproq qazish, 8a-k-10, 8a-k-11, 8a-k-9 va 8a-k-9-2 kollektorlarida 52,9 ming. m3 tuproq qazish ishlari bajarilib, 9 dona gidrotexnik inshoot ta'mirlandi.

Bundan tashqari, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa o‘zani (KTV) va KTR-3 kanallarida 8,8 ming m3 hajmda tuproq ishlari amalga oshirildi.

Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining talafot ko‘rgan markaziy, o‘ng va chap kanallarining 17 km qismini ta'mirlash uchun 48 mlrd. so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 13,0 mlrd. so‘m mablag‘, Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridagi irrigatsiya va melioratsiya obektlarini ta'mirlash-tiklash uchun 19,1 mlrd. so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘lari moliyalashtirildi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top