Kuchli shamol vaqtida qanday xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak? – FVV tavsiyalari
28 mart kuni Toshkent shahrida bo‘layotgan shamol natijasida ayrim ko‘pyillik daraxtlar sinib qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida nima qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi.
28 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmlarda daraxt Cobalt’ni bosib qolgani ko‘ringan.
Shuningdek, yana bir videoda Toshkent shahri Chilonzor tumani ekani aytilayotgan hududda katta daraxt ko‘p qavatli uylar yuza qismini tirnab o‘tib, piyodalar o‘tish yo‘lagi ustiga qulab tushgani ko‘rinadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilish kerakligini ma’lum qildi.
– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
– elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
– ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
– ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yerosti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
– kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Shuningdek, vazirlik haydovchilarga avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zgidromet 28 mart kuni respublikaning aksar hududida yog‘ingarchilik va momaqaldiroq bo‘lishini bildirgan edi. Shu bilan birga, poytaxtda shamol 5-10 m/s tezlikda esib, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

21:31 / 11.04.2025
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

16:35 / 06.04.2025