20:51 / 17.05.2020
25739
Surxondaryo koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqin. Viloyatda birgina bemor qoldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlardan yana ikki nafari tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.

«Ayni soatlarda Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan (1 nafari 60 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol) bo‘lib, karantin muassasasida bo‘lishgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan», deyiladi xabarda.

Viloyatda jami 44 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, shu paytga qadar 42 nafar bemor sog‘aydi, bir kishi vafot etdi. Endi ushbu hududda 1 nafar bemor davolanmoqda.

Bungacha Buxoro, Andijon va Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

Shu tariqa, bugun jami 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2247 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun hozircha 8 kishida koronavirus aniqlandi va 17 may kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2746 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 487 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top