Buxoro viloyatida tuzalganlarning barçasi uşbu hududdan (5 nafari Buxoro şahridan, 1 nafardan Kogon va Ğijduvon tumanlaridan) bölib, barçasi koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoşi kattasi 52, yoşi kiçigi esa 3 yoşda.
Buxoro viloyatida şu paytga qadar 433 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 440 nafarga yetdi. Ayni paytda şifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegişli standartlar böyiça davo çoralarini körişmoqda.
Qayd etiş kerakki, Buxoro viloyatida 9 may kunidan buyon yangi kasallaniş holatlari qayd etilmayapti.
Andijon viloyatida bir kişiga javob berildi. Paxtaobod tumanidan bölgan 42 yoşli erkak uzoq masofaga qatnovçi yuk avtomaşina haydovçisidir. Viloyatda şu paytga qadar 162 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 163 nafarga yetdi. Viloyatda yana 7 bemor qoldi.
Bugun şuningdek Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Bu yerda tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Şarja-Toşkent yönalişidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovçi yuk avtomaşina haydovçisi bölib, Rossiyadan Qozoğiston orqali kelgan. Ularning barçasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Soğayganlarning orasida 6 nafardan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qaşqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farğona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 57 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 13 yoşda.
Toşkent şahrida şu paytga qadar 709 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 733 nafarga yetdi.
- 17 may holatiga köra Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 2746taga yetgan, şu vaqtgaça 2245 kişi tuzalgan, 12 kişi vafot etgan, ayni vaqtda şifoxonalarda 489 bemor davolanişni davom ettirmoqda.













