09:00 / 18.05.2020
4788
Reklama

«Tenge Bank» ATB O‘zbekiston bank bozorida muvaffaqiyatli faoliyatining bir yilligini nishonlamoqda

2020 yil 18 may kunida «Tenge Bank» ATB o‘zining ilk tavallud kunini nishonlamoqda.

O‘zbekiston bozoridagi ish faoliyatining birinchi yili davomida Bank dastlabki va o‘zi uchun juda muhim bo‘lgan mijozlar va hamkorlarini orttirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yil Bank uchun qanday kechgani haqida Boshqaruv raisi Aslan Talpakov so‘zlab berdi.

Aslan Baktigereyevich, Bank faoliyatining dastlabki yilida qanday maqsadlarga erishildi?

– Shu vaqt ichida o‘z mijozlari va hamkorlari bilan samarali, halol va ochiq hamkorlikni o‘rnatish, qo‘yilgan ko‘plab maqsadlarga erishish, o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini aniqlash imkoniyati yuzaga keldi. Birinchi bosqichda Bank yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga faol kirishdi, hisob-kitob operatsiyalari, SWIFT tizimi orqali xalqaro to‘lovlarni amalga oshira boshladi, yuridik shaxslarga milliy va xorijiy valutalarda kredit berish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Iqtisodiyotning turli sohalariga mansub 200 dan ortiq korxonalar Bankning mijozlariga aylandilar. Bank, yuqori talabni o‘rganib chiqib, O‘zbekistondan Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor to‘lovlarni amalga oshirish tizimini ishlab chiqdi va uni o‘z mijozlariga taklif qildi, yuridik shaxslar esa Qozog‘iston tengesini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, o‘rta muddatli Rivojlanish strategiyasiga binoan, bank xizmatlarining keng doirasini taqdim etish imkoniyatini oshirish maqsadida, 2020 yil aprel oyida Bank Ustav kapitali miqdorini 222,8 mlrd so‘mga oshirdi va hozirda uning qiymati 340,8 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa, bizning aksiyadorimizning O‘zbekistonda bank biznesini rivojlantirishdagi qiziqishini namoyon qiladi. Kapitalning o‘sishi qamrab olingan mijozlar bazasini kengaytirish va Bankning chakana, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarida yanada o‘sishi imkoniyatlarini ta'minlaydi.

Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlardan tashqari aholi uchun ham qandaydir mahsulotlar taqdim etildimi?

– Jismoniy shaxslar uchun bir qator omonatlar ishlab chiqildi. Shuningdek, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida chakana kreditlash, ya'ni mikrokreditlar, iste'mol kreditlari, avtokreditlar va ipoteka kreditlari joriy etildi, zamonaviy skoring va BPM (Business Process Management) yechimlaridan foydalangan holda jarayonlarni yuqori darajada avtomatlashtirish ishlari davom ettirilmoqda, chunki Bank kredit berish jarayonini bir necha kundan bir necha daqiqagacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu oyda «Zolotaya Korona» xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati ishga tushirildi.

Mijoz jarayonlarini avtomatlashtirish hamda chakana va korporativ mijozlarga onlayn bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida qanday choralar ko‘rildi?

 Korporativ mijozlar va tadbirkorlarga yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida bir qator ilg‘or xizmatlar va servislar to‘plamidan tashkil topadigan yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan Internet-banking tizimi ulandi.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va mamlakatda karantin tartibining joriy etilishi bilan bog‘liq holat masofadan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarini rivojlantirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Bank xorijiy dasturchilar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng doiradagi funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan mobil ilovalarni ishlab chiqmoqda va ular yaqin vaqtlarda bozorga taqdim etiladi.

Siz plastik kartalarni chiqaryapsizmi? Ha bo‘lsa, qanday to‘lov tizimlarida?

– Ha, Bank Uzcard va HUMO to‘lov tizimlari kartalarini chiqarish va savdo nuqtalarida POS-terminallarni o‘rnatish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Nisbatan qisqa vaqt ichida VISA xalqaro to‘lov tizimi emissiyasiga va ekvayringiga litsenziya olishga muvaffaq bo‘ldik. Yaqin kunlarda ushbu to‘lov tizimining kartalarini chiqarish rejalashtirilgan.

Sizning yagona ofisingiz Toshkentda joylashgan, boshqa shaharlarda filiallar ochiladimi?

– Bank, O‘zbekiston shaharlarida nuqtalarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning 2 va 3-choraklarida Samarqand va Farg‘onada bank filiallari ochilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Bank 2020 yil oxiriga qadar Toshkentda yana 5 ta savdo nuqtalarini ochishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Malakali xodimlar raqobatlashuvda muhim afzalliklaridan biridir. Sizning fikringizcha, bu to‘g‘rimi?

– Shubhasiz. Bank uchun yuqori darajadagi xodimlar malakasini ta'minlash va Bankning obro‘sini doimiy ravishda saqlab turish muhim ahamiyatga ega, biz eng faol, g‘ayratli va yosh mutaxassislarni to‘pladik va IT, plastik va chakana boshqaruv yo‘nalishidagi xodimlarni jalb qilishni davom ettirmoqdamiz. Shuningdek, barcha xodimlar Qozog‘iston Respublikasining «Qozog‘iston Xalq banki» AJ markaziy ofisida tajribasini va malakasini oshirib qaytdilar.

Xulosa qilib shuni qo‘shimcha qilamanki, Tenge Bank rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida - mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish, takomillashish va doimiy rivojlanish belgilangan.

Bank barcha mijozlar va sheriklarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga yanada yuqori zafarlar va farovonlik tilaydi!

Shuningdek, Bank tavalludining bir yilligi munosabati bilan, jismoniy shaxslar uchun maxsus aksiya e'lon qildi. Batafsil ma'lumotlarni bank saytidan olish mumkin.

Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Parkent ko‘chasi, uy 66.

Murojaat uchun telefon: +99878 1209790

Veb-sayt: tengebank.uz

Facebook: fb.com/tengebank.uz

Telegram: t.me/Tengebankuz

Instagram: @tengebankuz

Reklama huquqi asosida

Top