07:14 / 25.05.2020
5690
Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirdan 4 mlrd dollar musodara qilindi 

Sudan hukumati mamlakatning sobiq prezidenti Umar al-Bashir, uning qarindoshlari va yordamchilaridan 4 mlrd dollar musodara qildi. 

Bu haqda Sudanning korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasiga tayanib “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.  

“Sudanning sobiq prezidenti, uning oilasi a'zolari va safdoshlari egalik qilgan aktivlar va turli kompaniyalardagi ulushlar qiymati dastlabki baholashlarimizga ko‘ra, 3,5 mlrddan 4 mlrd dollargachani tashkil qiladi”, deb ma'lum qilgan komissiya vakili Saloh Man'a.

Sudanni 30 yil boshqargan 76 yoshli Umar al-Bashir 2019 yil 11 aprelda davlat to‘ntaruvi oqibatida hokimiyatdan chetlatilgandi. Armiya parlamentni tarqatib yuborgan va konstitutsiya amal qilishini to‘xtatgan hamda muvaqqat harbiy kengash tashkil etgan. 2019 yil sentyabrda mamlakatda yangi o‘tish hukumati tashkil etilgan. 2019 yil dekabrda al-Bashir korrupsiyadagi ayblov bo‘yicha 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Top