Sudan poytaxti Xartumda Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuçlari (RSF) örtasida şiddatli janglar qayta boşlandi, deb xabar berdi dpa axborot agentligi 17 sentabr, yakşanba kuni guvohlarga tayanib.
Xartum hamda qöşni Bahri va Omdurman şaharlarida oğir artilleriya va harbiy samolyotlar iştirokidagi janglar şanba kuni ertalabdan beri davom etmoqda. Sudan armiyasi Xartum markazidagi armiya ştabiga RSF hujumini qaytarganini va RSF’ning önlab jangçilarini öldirganini bildirdi. RSF yöqotişlar haqida izoh bermadi.
Poytaxtdagi janglar natijasida bir qança binolar, jumladan, neft kompaniyasining 18 qavatli minorasi yonib ketdi, deb yozadi dpa. Tinç aholi orasidagi yangi qurbonlar haqida heç narsa ma’lum emas. Xartum markazi asosan evakuatsiya qilingan, biroq uning atrofidagi turar joylarda janglar ketmoqda, deb yozadi dpa.
Sudandagi janglar
Davlat rahbari Abdulfattoh Al-Burxon boşçiligidagi Sudan armiyasi va harbiylaştirilgan Tezkor harakat kuçlari (RSF) örtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Heç bir tomon haligaça ustunlikka erişmadi va hokimiyatni töliq qölga kirita olmadi. Vaqti-vaqti bilan tomonlar öt oçişni töxtatiş böyiça kelişib olyapti.
BMT ma’lumotlariga köra, 250 mingga yaqin odam mamlakatni tark etgan, 840 mingdan ortiq kişi esa içki köçirilganlar röyxatida. Yuzlab tinç aholi vakillari qurolli töqnaşuvlar qurboni böldi, minglab odamlar yaralandi.












