Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Sudandagi dronlar zarbasiga Ukraina aloqador bo‘lishi mumkin
CNN Ukrainaning Sudanda Tezkor harakat kuchlari jangchilariga qarshi zarbalarga aloqadorligi haqida mustaqil ma’lumot tasdiqlay olmadi, biroq videotasvirlarda «uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda Ukraina urush uslubi» belgilari ko‘rinib turibdi.
Ukraina maxsus xizmatlari Sudanda Rossiyaning «Vagner» XHK tomonidan Afrika mamlakati muntazam armiyasi bilan to‘qnashuvda qo‘llab-quvvatlangan Tezkor harakat kuchlariga (RSF) qaratilgan bir qator dron zarbalari ortida turgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Amerikaning CNN mediakompaniyasi tomonidan 19 sentabr, seshanba kuni e’lon qilingan surishtiruvda aytiladi. Mualliflar Ukrainaning ushbu zarbalar seriyasiga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni mustaqil tasdiqlay olmagan. Biroq qo‘lga kiritilgan videoyozuvlarda «uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda Urush urush uslubi» belgilari ko‘rinib turibdi, deya ta’kidlaydi CNN.
14 sentabrdan beri internetda tarqalayotgan videolarda dron qurollangan odamlar bo‘lgan yuk mashinasi tomon katta tezlikda uchib kelayotgani va avtomobil kuzovi ostiga urilganini ko‘rish mumkin. CNN’ga intervyu bergan ekspertlarning ta’kidlashicha, qo‘llangan taktika, ya’ni uchuvchisiz uchish apparatlarining yuqori tezlikda nishonga sho‘ng‘ishi sxemasi Sudan va butun Afrika mintaqasi uchun juda g‘ayrioddiy. Amerika mediakompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida sakkizta shunday hujumda tijorat dronlari ishtirok etgan va kadrda olingan dronda ukraincha yozuv ko‘ringan.
Sudanda Ukraina maxsus xizmatlari ishlayaptimi?
Ukraina dron tasvirlari orqali olingan hujumlar uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olmadi. Biroq, CNN bilan suhbatda ukrainalik harbiy manba bu operatsiyani «Sudan harbiylari ishi emas» deb atadi. Hujumlar ortida Kiyev turibdimi, degan savolga javob berar ekan, manba «bu katta ehtimol bilan Ukraina maxsus xizmatlarining ishi» ekanini aytdi. O‘z navbatida, Sudandagi yuqori martabali harbiy manba «Ukrainaning Sudandagi operatsiyasi haqida hech narsa bilmasligini» va bu haqiqat ekanligiga ishonmasligini aytdi.
CNN ta’kidlashicha, agar Ukraina razvedka xizmatlarining Sudandagi hujumlarda ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Kiyevning Moskvaga qarshi harbiy operatsiyalari teatrining provokatsion va dramatik kengayishini, shuningdek, Ukraina urushi oqibatlari Yevropadan tashqariga tarqalganini anglatadi.
«GUR» CNN ma’lumotiga izoh berdi
Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») vakili CNN’ga Ukraina maxsus xizmatlarining Sudandagi dron hujumlarida ishtiroki ehtimoli haqida izoh berdi. «Biz buni na tasdiqlay olamiz, na inkor eta olamiz», dedi Andrey Yusov RBK-Ukrainaga bergan izohida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «GUR» faqat Rossiya kuchlari butun dunyo bo‘ylab o‘z ta’sirini yo‘qotayotganini aytishi mumkin. «Bu, xususan, Afrikaga tegishli. General Budanovning Ukraina rossiyalik harbiylarni dunyoning istalgan nuqtasida, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar yo‘q qiladi, degan so‘zlarini ham eslashimiz mumkin», - deya ta’kidladi Yusov.
Sudan armiyasi va maxsus kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat
Mamlakatning amalda prezidenti bo‘lgan O‘tish davridagi suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burhon boshchiligidagi Sudan armiyasi va «Vagner» XHK tomonidan qo‘llab-quvvatlangan RSF o‘rtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi mojaro oqibatida kamida 1800 kishi halok bo‘lgan, minglab odamlar yaralangan. 350 mingga yaqin sudanlik mamlakatni tark etdi, bir millionga yaqini esa mamlakat ichida qochqinga aylandi.
Mavzuga oid
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026