02:13 / 28.05.2020
6699
Ijtimoiy tarmoqda Kun.uz nomidan ochilgan soxta sahifalardan ogoh bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda Kun.uz nomi va logotipidan foydalangan holda Facebook, Instagram va Telegram'da kanal va sahifa ochib, sayt yo‘nalishi va imijiga mutlaqo mos kelmaydigan turli mazmundagi postlar joylashtirayotgan firibgarlar ko‘payganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari! Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, odamlarni aldab, nopok yo‘llar bilan pul topishga urinayotgan bu kabi soxta kanallardan ogoh bo‘ling.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kun.uz nomi va logotipidan foydalanib, lotereya yoki qimor kabi onlayn o‘yinlarga ko‘zingiz tushsa, bilingki bu yolg‘on xabardir va uning ortida firibgarlar yashiringan bo‘ladi.

Kun.uz'ning ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeridagi deyarli barcha sahifa va kanallari rasmiy (“verified”) maqomga ega. Boshqa soxta kanallarga ko‘zingiz tushsa, bu haqda Telegram'dagi 👉 @kunuzmurojaat manziliga xabar berishingizni so‘raymiz.

Tahririyat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Kun.uz nomi va logotipidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan qalloblarga qarshi kurashni davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Kun.uz rasmiy sahifalari:

O‘zbek tilida:
Telegram: t.me/kunuzofficial
Telegram: t.me/kunuz (lotin alifbosida)
Facebook: fb.com/kunuznews
Instagram: instagram.com/kun.uz
Twitter: twitter.com/KunUzNews
Odnoklassniki: ok.ru/kunuznews

Rus tilida:
Telegram: t.me/kunuzru
Facebook: fb.com/kunuz.ru
Instagram: instagram.com/kun.uzru
Twitter: twitter.com/Kun_uzRu

Ingliz tilida:
Telegram: t.me/kunuzen
Facebook: fb.com/kunuzenglish

Kun.uz kundaligi:
Telegram: t.me/kundalikuz
Facebook: fb.com/kundalik.uz
Instagram: instagram.com/kundalik.uz

YouTube`dagi kanalimiz

Top