Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz malakali huquqshunos va reklama menejyerlarini ishga taklif qiladi
Kun.uz sayti huquqshunos va reklama menejyeri lavozimlariga tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli mutaxassislarni ishga taklif etadi.
Huquqshunos
Vazifalari: Saytda e'lon qilinadigan materiallarga huquqiy baho berish, sud-huquq sohasidagi yangiliklarni yoritish va tahlil qilib borish, fuqarolar murojaatlari asosida jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish.
Talablar:
– huquqshunoslik yo‘nalishida oliy ma'lumot;
– yuridik xizmat sohasida ish tajribasi;
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlay olish ko‘nikmasi;
– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish;
– Toshkent shahridagi ofisda muntazam ishlash imkoniga ega bo‘lish.
Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 5 mln so‘m qilib belgilanadi va xodimning ishiga qarab oshirib boriladi.
Reklama menejyeri
Vazifalari: Saytga reklama e'lonlari joylashtirish istagini bildirgan reklama beruvchilar (mijozlar)ni topish, ular bilan muzokaralar olib borish, shartnoma imzolanishi va taraflarning shartnoma shartlarini bajarishlarini ta'minlash.
Talablar:
– shu sohada kamida muayyan ish tajribasi;
– oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumot;
– 25-40 yoshlar atrofida bo‘lishi lozim.
Lavozim uchun dastlab 5 mln so‘m miqdorda maosh belgilanadi va sinov davridan o‘tishiga qarab 8-10 mln so‘mgacha oshiriladi.
Tahririyat xodimlarga mehnat shartnomasi doirasida kafolatlangan mehnat sharoitlari, bepul tushlik va o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratib beradi.
Talabgorlardan o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.
Nomzodlardan o‘zlari haqidagi ma'lumotnoma (obektivka)ni telegramdagi @kunuz_kadr manziliga yuborishlari so‘raladi.
Mavzuga oid
21:26 / 27.06.2025
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi
19:36 / 26.06.2025
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi
20:16 / 29.01.2025
Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV
15:00 / 21.12.2024