12:30 / 30.05.2020
10698

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari Markaziy harbiy okrugga ishga o‘tkazildi

Nuriddin Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019 yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.

N. Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi lavozimlardan o‘tgan. Shuningdek, Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham xizmat qilgan.

Top