23:52 / 02.06.2020
8754

Chernogoriya 130 davlatga o‘z chegarasini ochdi. Bu davlatlar ichida O‘zbekiston ham bor

Foto: TASS

Chernogoriya fuqarolari 1 iyundan karantinga amal qilmay mamlakatga kelishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxat mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi saytida joylashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, Chernogoriyaga koronavirus tarqalishi sur'ati va yangi holatlar soni ancha kamaygan, koronavirusga chalinganlar soni 100 ming aholiga 25 nafardan ko‘pni tashkil qilmayotgan davlatlardan kirishga ruxsat berilgan. 

1 iyundan mamlakatga Yevropa ittifoqi, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari va Xitoydan sayyohlar kelishi mumkin. Bu davlatlar orasiga O‘zbekiston ham kiritilgan.

Chernogoriya may oxirida Yevropaning koronavirusga chalingan fuqarolarining barchasi sog‘ayib ketgan va 20 kun ichida yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan ilk davlati bo‘lgan edi.

 

Mavzuga oid
Top