Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriyadagi saylovlarda yevropaparast partiya yetakchilik qilmoqda
"Yevropa hozir" yangi harakati Chernogoriya sobiq prezidentining DSP partiyasidan kichik farq bilan oldinda boryapti, buni ekzitpol natijalari ko‘rsatgan.
Chernogoriyada islohotlar o‘tkazishga qaratilgan “Yevropa hozir” yangi siyosiy harakati mamlakatdagi navbatdan tashqari parlament saylovlarida yetakchilik qilmoqda. 12 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi e’lon qilingan ekzitpol natijalari shundan dalolat bermoqda.
Demokratik o‘zgarishlar markazi (CDT) ma’lumotlariga ko‘ra, “Yevropa hozir” 26 foiz ovoz yig‘moqda va Chernogoriya sobiq prezidenti Milo Jukanovich boshchiligidagi Demokratik sotsialistlar partiyasidan (DSP) biroz oldinda, uni 23 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Qolgan ovozlar ko‘plab kichik partiyalar o‘rtasida taqsimlandi. Monitoring va tadqiqot markazi (CEMI), o‘z navbatida, ekzitpol natijalariga ko‘ra, “Yevropa hozir” 25,6 foiz ovoz to‘playotganini ma’lum qildi.
Yevropaparast harakat yetakchisi Miloyko Spaich allaqachon g‘alabasini e’lon qilib, “saylov natijalaridan juda mamnun” ekanini va “qadriyatlarimizni birlashtiradigan” barcha partiyalar vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardan ko‘zlangan maqsad yevropaparast hukumat yaratishdir.
Aprel oyida mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda o‘ttiz yil hokimiyat tepasi bo‘lganidan so‘ng Milo Jukanovich "Yevropa hozir" vakili, sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Milatovichga yutqazdi. Harakat mamlakatni Yevropa Ittifoqiga a’zolikka yaqinlashtiradigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni maqsad qilgan, shuningdek, Serbiya bilan yaqinlashish tarafdori.
Mavzuga oid
10:28 / 19.02.2026
Chernogoriyada mablag‘siz qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
16:51 / 14.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025