Çernogoriyadagi prezidentlik saylovlarida ovozlarni sanab çiqiş natijalariga köra, yevropaparast iqtisodçi, «Yevropa hozir» harakatidan nomzod Yakov Milatoviç saylovçilarning 60 foizi qöllab-quvvatlagan holda ğalaba qozondi. Bu haqda 3 aprel, duşanbaga ötar keçasi saylov jarayonini kuzatuvçi Monitoring markazi (CeMI) ma’lum qildi.

Saylovda mağlub bölgan amaldagi davlat rahbari Milo Jukanoviç 1991 yildan beri mamlakat boş vaziri lavozimida beş marta işlagan va ikki marta – 1998 yildan 2002 yilgaça va 2018 yildan hozirgaça prezident bölgan. U ikkinçi tur yakunida mağlubiyatini tan oldi va raqibini tabrikladi. Jukanoviç 21 mayga qadar prezidentlik faoliyatini davom ettiradi.

«Çernogoriya öz tanlovini amalga oşirdi. Men bu tanlovni hurmat qilaman va unga muvaffaqiyatli prezident bölişini tilayman. Agar u muvaffaqiyatli prezident bölsa, Çernogoriya ham muvaffaqiyatli böladi», - dedi Jukanoviç.

Milatoviç 2020 yilning dekabridan 2022 yilning apreligaça iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlaniş vaziri lavozimida işlagan. Ötgan yili u «Yevropa hozir» partiyasiga asos solgan. Ğalabadan söng öz tarafdorlari oldida gapirgan Milatoviç Çernogoriya kelasi beş yil içida Yevropa Ittifoqiga qöşilişini va’da qildi. Mamlakat 2008 yilda Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olgan.

«Çernogoriya oldinga qat’iy qadam taşladi va eskirgan Milo Jukanoviç rejimi bilan xayrlaşdi. Mamlakat Yevropa, yanada gözal va adolatli Çernogoriya tomon bir qadam taşladi», - dedi Milatoviç.

Şu bilan birga, serbiyaparast lager tomonidan qöllab-quvvatlangan Yakov Milatoviç Belgrad bilan ham aloqalarni mustahkamlaşga va’da berdi.