01:26 / 02.06.2020
30071
Oq tanli amerikaliklar tiz cho‘kib irqchilik yillari uchun uzr so‘rashdi

Oq tanli amerikaliklar tiz cho‘kib, irqchilik yillari uchun uzr so‘rashdi. Qora tanlilar ushbu uzrni qabul qilishgan.  

Foto: Youtube /KPRC 2 Click2Houston

Ushbu hodisa politsiya tomonidan ushlanish vaqtida yetkazilgan jarohatdan vafot etgan qora tanli Jorj Floyd oilasi haqqiga ibodat qilish vaqtida yuz bergan. Qora tanlilar ushbu uzrni qabul qilib, ibodatga qo‘shilishgan. 

Floydning o‘limidan keyin AQShning ko‘plab shaharlarida norozilik namoyishlari boshlanib, tartibsizliklarga aylanib ketgan. Jumladan, politsiyaning zo‘rligiga qarshi bunday isyonlar Los-Anjyeles, San-Fransisko, Denver, Nyu-York, Indianapolis, Boston va Detroytda o‘tmoqda. Hokimiyat isyonchilarning politsiyachilar bilan to‘qnashuvlari yoki ularga tahdidi ichki terrorchilik harakati deb baholanishidan ogohlantirgan. 

Top