10:42 / 03.06.2020
27178
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi yong‘in oqibatida 30 nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 

Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01:15 atrofida yetib borib, soat 01:43da yong‘in o‘chirilgan.

Joriy yilning 3 iyun kuni soat 01:08da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani “Tong” mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8- qavatida) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. 

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01:15 atrofida yetib borib, soat 01:43da yong‘in o‘chirilgan.


 
Yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar, qo‘shni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan, shuningdek, yong‘inning binodagi boshqa xonadonlarga o‘tib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
 
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan, deyiladi ma'lumotda. 

Top