08:40 / 06.06.2020
11067
Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan.

Kecha, 5 iyun kuni soat 18:00 va 19:00 oralig‘ida, Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida (eski “Archa” ko‘cha) yoshlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, buning oqibatida ikki nafar yigit pichoq bilan yaralanib, shifoxonaga yetkazildi. Mojaroning boshqa qatnashchilarining shaxslari va ishtirokchilarning umumiy soni aniqlanmoqda

“Ularni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hodisa Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olindi”, - deyiladi xabarda.

Top