Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning bir ko‘chasida harakatlanish qisman cheklanadi
Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
24 noyabr kuni Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida transport vositalarining harakati qisman cheklanadi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida Labzak ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 24 noyabr kuni soat 9:00 dan boshlab, yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishdagi harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tirbandlikning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026