Joriy yilning 23 mart kuni soat 22:30 larda Şayxontohur tumani Furqat köçasida Nexia-3, Lacetti hamda Nexia-2 rusumli avtomaşinalar töqnaşuvi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, YTH natijasida Nexia-2 avtomaşina yölovçisi tan jarohati olgan, şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga amal qilişni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanişni söraymiz”, deyiladi xabarda.











