20:48 / 09.06.2020
4754
Afg‘onistonda kon o‘pirilishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi 

Afg‘onistonning shimolidagi Samangan viloyatida kon o‘pirilib tushdi. Baxsiz hodisa oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan.

TOLOnews telekanalining mahalliy aholiga tayangan holda xabar berishicha, yana 12 kishi jarohat olgan

Voqea Dara-a-Suf tumanida yuz bergan. Konning o‘pirilishiga portlash sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, portlash ovozi ko‘mir koni yaqinidagi qishloqlarda eshitilgan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, vayronalar ostida konchilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Mahalliy politsiya vakilining ma'lum qilishicha, hokimiyatda jabrlangan bo‘yicha hali aniq ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top