21:26 / 10.06.2020
4116
Prezident tashrifi davomida berilgan topshiriqlar asosida So‘x tumanida elektr ta'minoti yaxshilanmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5–6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatning chegaradosh hududi bo‘lgan So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, bugungi kunda tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, tuman aholisining ehtiyojlarini qondirish borasida ko‘plab takliflar asosida aniq dasturlar ishlab chiqildi.

O‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tumanning elektr ta'minoti to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aholining elektr ta'minoti borasidagi muammolari o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish chora–tadbirlari belgilab olindi.

Bugun “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan yuqorida belgilab olingan chora–tadbirlarni joyida amalga oshirish hamda imkon qadar tez fursatlarda tumanning elektr ta'minotidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan elektr qurilmalari jumladan, turli quvvatdagi 16 dona transformator punkti, 79 km uzunlikdagi zamonaviy elektr uzatish kabellari, 80 dona temir–beton tayanchlar, 1 200 dan ortiq izolyatorlar, 10 turdagi elektr qurilmalari So‘x tumaniga yuborildi.

Mazkur ta'mirlash va yangi qurish ishlarini bajarishdan kutilgan maqsad, So‘x tumani aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iboratdir.

“Farg‘ona HETK” AJ

Matbuot xizmati

Top