Farğona viloyati Söx tumanining Navobod mahallasida joylaşgan köp qavatli uylarning kanalizatsiya tarmoği nosozligi tufayli ariqlarga oqmoqda. Atrofni badböy hid qoplagan. Mas’ullar negadir muammoni bartaraf qilişga şoşilmayapti.
Köp qavatli uylarda yaşovçi fuqarolarning ma’lum qilişiça, kanalizatsiya tarmoği suvi ariqdagi aholi foydalanadigan suvga qöşilib oqyapti. Aholi tegişli taşkilotlarga masalasi yuzasidan murojaat qilişgan. Biroq natija bölmagan.

“120 xonadonga möljallangan 4 ta 5 qavatli uy qurilib, 2023 yilda foydalanişga topşirilgan. Bir yildan beri kanalizatsiyaning badböy hididan nafas olib ötiribmiz. Ayniqsa yoz oylarida derazani oçib bölmaydi. Uyni 20 yil muddatga ipoteka krediti asosida sotib olganmiz. Kanalizatsiya tarmoği notöğri yotqizilgan.

Tegişli taşkilotlarga çiqqanmiz, lekin natija yöq. Özimiz pul töplab, maşina çaqirib tozalatamiz, lekin yana oqova suv otilib çiqib ketaveradi. Eng açinarlisi, iflos suv odamlar foydalanadigan ariq suviga qöşilib ketyapti. Holatga heç kim e’tibor qaratmayapti”, deydi köp qavatli uyda yaşovçi fuqarolardan biri.


Söx tumani Suvta’minot bölimi rahbari Farhodjon Azimbekovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, köp qavatli uyning kanalizatsiya tarmoği “Qişloq quriliş invest” injiniring kompaniyasi Farğona viloyati filiali buyurtmasi asosida “Namunali yuksaliş” hamda “Şoh mega invest” MÇJlar tomonidan işga tuşirilgan. Kanalizatsiya quvuriga çiqindi taşlanişi oqibatida oqova suvni tortib berayotgan nasoslar ortiqça yuklama bilan işlab, nosoz holatga kelib qolgan.
Farhodjon Azimbekovga köra, tez orada quruvçi bilan kelişgan holda muammo hal etiladi.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz












