21:18 / 17.06.2020
4031
Gonduras prezidenti va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi

Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes va uning rafiqasi Ana Garsiya Karias koronavirusga chalindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. 

Foto: Fox News

Prezidentning ta'kidlashicha, o‘tgan dam olish kunlari u o‘zini betob his qilgan. Shundan keyin uning koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergan. Ernandes bu vaziyat uning masofadan turib o‘z majburiyatlarini bajarishiga xalaqit qilmasligini aytgan. Biroq prezident qayerdan – o‘z qarorgohidan, prezident uyidan yoki harbiy gospitaldan ishlashiga aniqlik kiritmagan.

Gonduras rahbari davolanishni boshlab yuborgani va ayni vaqtda o‘zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qilgan. “Menga dam olishni tavsiya qilishdi, biroq men o‘z ishimni davom ettiraman va xodimlarim orqali elektron ko‘rinishda ko‘rsatmalar berib boraman. Boshqacha aytganda, men aloqada qolaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Ernandes va aholini koronavirusga chalinmaslik uchun barcha ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Ta'kidlash joiz, Ernandes va uning rafiqasi Lotin Amerikasida koronavirusga chalingan ilk prezident juftligi bo‘ldi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Gondurasda hozirda 9,6 ming kishi koronavirusga chalingan, ulardan 330 nafari vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top