O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuziladi
O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi. Bu haqda 24 may kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Majlisda O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarini tuzish hamda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.
Xususan, Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kuvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Polsha, Singapur, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Ummon, Fransiya, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Eron va Yaponiyada — 1 tadan; AQSh, BAA, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Turkiyada — 2 tadan; Qozog‘iston va Xitoyda — 3 tadan; Rossiyada — 7 ta saylov uchastkalari tuziladi.
Majlisda shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari tuzildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

16:28 / 02.04.2025
Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025