«Ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum ötkaziş tartibini yanada takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi e’lon qilindi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Saylov kodeksiga hamda 7 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda. 

Qonunçilik palatasi saylovini aralaş (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida ötkaziş taklif etilmoqda. Jumladan:

a) saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda;

b) Qonunçilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (nomzodlar röyxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar böyiça yagona saylov okrugidan saylanişi belgilanmoqda;

v) yagona saylov okrugida deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar röyxati asosida taqdim etilişi nazarda tutilmoqda;

g) saylov komissiyalari tizimi takomillaştirilib, Markaziy saylov komissiyasi; hududiy saylov komissiyalari; tuman va şahar saylov komissiyalari; xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga saylov ötkaziş böyiça okrug saylov komissiyalari va uçastka saylov komissiyalari saylov komissiyalari tizimini taşkil etişi belgilanmoqda;

d) partiya röyxatini röyxatga oliş muddatlari va tartibotlari belgilanmoqda;

ye) partiya röyxatidan deputatlikka nomzodni çiqariş, partiya röyxati asosida şakllantirilgan va böşab qolgan Qonunçilik palatasi deputatlari örnini töldirişga doir normalar belgilanmoqda;

j) yagona saylov okrugi böyiça Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov natijalarini aniqlaş va deputatlik örinlarini taqsimlaş tartibi belgilanmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari sonini kamida ön beş nafardan töqqiz nafarga tuşiriş, uning kamida bir nafar a’zosi Qoraqalpoğiston vakili bölişi belgilanmoqda. Markaziy saylov komissiyasining raisi beş yillik muddatga saylanişi, ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanişi mumkin emasligi belgilanmoqda. Markaziy saylov komissiyasining, hududiy saylov komissiyalarining, okrug va uçastka saylov komissiyalarining vakolatlari aniqlaştirilmoqda.