22:14 / 17.06.2020
41022
Toshkentda «O‘rikzor», «Malika» va Yunusobod dehqon bozorlari faoliyati to‘xtatildi

Toshkent shahrida koronavirus o‘chog‘iga aylangan «O‘rikzor», «Malika» va Yunusobod dehqon bozorlari faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lum qilgan.

«So‘nggi paytda shahrimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni oshib bormoqda. Natijada bugungi kunda «Malika» savdo majmuasi, Yunusobod dehqon bozori va Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» savdo kompleksi faoliyati to‘xtatildi.

Bundan tashqari, shahrimizning 71ta mahallasi epidemiologik nuqtayi nazardan «qizil» hududga kiritilib, u yerlarda koronavirusga qarshi respublika maxsus komissiyasi bayonnomasi bilan belgilangan choralar qo‘llaniladi. Mazkur mahallalarga kirish va chiqish joylari yopiladi va statsionar postlar o‘rnatilib, u yerda Toshkent shahar IIBB xodimlari, Milliy gvardiya xizmatchilari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xodimlari navbatchilik qilishadi. Mahallalar hududlarida sutkalik navbatchilik tashkil qilinadi va qat'iy nazorat o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, «qizil» hududda yashovchi fuqarolarga uydan faqat oziq-ovqat va dori mahsulotlarini xarid qilish uchun chiqish mumkin. Shu bilan birga albatta tibbiy niqob taqish zarur.

Barchamiz holatning jiddiyligini anglab, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga mas'uliyat bilan yondashishimiz kerak. O‘z sog‘lig‘ingizni va yaqinlaringizning salomatliklarini xavf ostiga qo‘ymang. Oddiy niqob ham virus tashuvchi va atrofdagilar orasida yaxshi to‘siq vazifasini o‘tashini unutmang. Qo‘llaringiz bilan yuzingizga tegmang. Ijtimoiy masofani saqlang. Jamoat joylarida va bozorlarda rastalarga, suyanchiqlarga va boshqa sathlarga qo‘lingizni tekkizmang. Ijtimoiy masofani saqlang. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, salomat bo‘ling», deyiladi xabarda.

Epidemiologik xavf bo‘yicha «qizil» toifaga kiritilgan Toshkent mahallalari (tumanlar bo‘yicha) ro‘yxati:

Mirobod tumani: «Fayzobod»;

Mirzo-Ulug‘bek tumani: X. Abdullayev nomidagi, «Oqqo‘rg‘on», «Avayxon», «Yangi Avayxon», «Sho‘rtepa»;

Yunusobod tumani: «Tiklanish», «Turkiston», «Xalkabog‘», «Iftixor», «Nurmakon», «Oqtepa», «Sharq haqiqati», «Sobirobod»;

Yashnobod tumani: «Ko‘ksaroy», «Qo‘yliqobod», «Go‘zal», «Mashinasozlar», «Tong», «Katta-Qo‘ylik», «O‘rta Masjid»;

Uchtepa tumani: «Bog‘iston», «Nishabarik», «Degrez», «Takachi», «Xayratiy», «O‘rikzor», «Ko‘rkamobod»;

Yakkasaroy tumani: «Muqimiy», «Qushbegi»;

Shayxontohur tumani: «Shodlik», O. Xujayev nomidagi, «Bog‘ko‘cha», «Kamolon», «Chaqar», «Jangoh», «Yangi Beltepa», «Gulobod», «Zafarobod», «Eshonguzar»;

Sergeli tumani: «Habibiy», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», 8-chi va 9-chi sanoat hududlari;

Olmazor tumani: «Shodiyona», «Istiqbol», «Nihol», «Yoshlik», «Chig‘atoy Oqtepa», «Gulzor», «Ahil», «Guruch ariq», «Islom ota», «Chuqursoy», «Sebzor», «Xonchorbog‘», «Qushtut», «Eski shahar», «Universitet», Mirzo G‘olib nomidagi, «Alloy», «Olimpiya», «Shifokorlar»;

Bektemir tumani: «Binokor», «Abay»;

Chilonzor tumani: «Qatortol», «Katta Qozirobod», «Katta Chilonzor-2», «Guliston», «Yakka tut».

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top