07:55 / 17.06.2020
3996
Uzbekistan Airways Nukus, Urganch va Buxoroga aviaqatnovlar muddatini ma'lum qildi

Havo kemasida va aeroport binosida karantin qoidalariga rioya qilish, shu jumladan tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish kerak.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi joriy haftadan boshlab respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qator qatnovlarni amalga oshira boshlashini e'lon qildi.

Aviakompaniya tomonidan tarqatilgan xabarda Nukus, Urganch va Buxoroga qatnovlar vaqti to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Ular:

Toshkent-Nukus-Toshkent payshanba va yakshanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30da, Nukusga kelish 17:10da. Nukusdan ketish 19:40da, Toshkentga kelish 21:00da;

Toshkent-Urganch-Toshkent chorshanba va shanba kunlari — Toshkentdan ketish 15:30da, Urganchga kelish 17:00da. Urganchdan ketish 19:40da, Toshkentga kelish 20:50da.

Toshkent-Buxoro-Toshkent dushanba va juma kunlari — Toshkentdan ketish 10:30da, Buxoroga kelish 11:40da. Buxorodan ketish 14:10da, Toshkentga kelish 15:10da.

Eslatilishicha, havo kemasida va aeroport binosida karantin qoidalariga rioya qilish, shu jumladan tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish kerak.

Top