Bugun, 19 mart kuni AOKAda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Jurnalistlar tomonidan «Uzbekistan Airways» va «Özbekiston temir yöllari» AJ kabi monopoliya taşkilotlarining faoliyati nima sababdan haligaça özgarmayotgani haqida berilgan savollarga qömita mutasaddilari izoh berib ötişdi.

«Agar qaysidir taşkilot havo yöllari faoliyati bilan şuğullanişni xohlasa, ularga qonunçilikda heç qanday tösqinlik közda tutilmagan. Tegişli litsenziya tartibi böyiça yangi kompaniyalar bu sohada faoliyat körsatişi mumkin», — dedi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömita raisining birinçi örinbosari Bobir Karimov.

Qömita raisi örinbosari Farrux Qoraboyevning ta'kidlaşiça, Raqobatni rivojlantiriş strategiyasida havo yöllari sohasiga alohida e'tibor berilgan.

«Birinçi navbatda sohani tartibga soluvçi davlat organi taşkil etildi. Bundan taşqari, aeroportlar alohida sub'yekt sifatida özining parvozlar xaritasini şakllantirişi, mahalliy va çet el kompaniyalarini jalb qilişi uçun «Özbekiston havo yöllari aviakompaniyasi» ikkiga bölindi. Hozirda 11ta aeroportdan 9tasida oçiq osmon rejimi joriy qilingan. Pandemiyadan keyin bu sohada yangi iştirokçilar paydo böladi», — dedi Farrux Qoraboyev.

Şuningdek, qömita raisining boşqa bir örinbosari Bekzod Ummatovning ma'lum qilişiça, ötgan davr mobaynida «Özbekiston temir yöllari» AJga nisbatan 3 marta tegişli körsatma berilgan. Xususan, korxonalardan olingan asossiz daromadlar va 2,5 mingdan ortiq yölovçilarga sotilgan çipta narxlarining asossiz oşirilgan qismi qaytarib berilgan, şuningdek, elektron çipta xarid qiliş uçun komissiya foizlari kamaytirilgan. 

«Temir yöllar bizda tabiiy monopoliya hisoblanadi. Tabiiy monopoliya hisoblangan sohalar iqtisodiy asoslangan bölişi kerak. Tarixan şaroit mahsulotlarni temir yölda taşişni majbur qilgan. Şu sabab bu jarayonning borişi birdaniga amalga oşmayapti», — dedi Bekzod Ummatov.