Jumladan, 29 mart kuni Toşkent mahalliy aeroporti orqali safarga çiqqan Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov ana şu holatga duç kelgan:

“Özbekistonlik yölovçilar, çet ellik mehmonlar bu yangilikdan kiçik şok holatiga tuşdi. Çunki bundan mutlaqo hamma bexabar bölgan. Yangilikka köra, yuk uçun oldingiday çiptaga kiritilgan umumiy oğirlikka köra emas, bittadan taşqari har bir bagajga alohida haq olinar ekan. Bundan, tabiiyki, hamma norozi böldi, e'tirozlar bildirildi. “Uzbekistan airways” balki qaysidir platformasi orqali bu yangilik haqida xabar bergandir, ammo çipta sotilganda ogohlantirilmagani uyatli holat deb hisoblayman. Çunki yonida puli bölmaganlar endi yuklarini taşlab ketişiga töğri keladimi? Qolaversa, bu yangilikka şu yerga kelib duç kelgan yölovçilarga tuşuntiriş işlari ham töğri yölga qöyilmagan, an'anaviy qöpollik hukm surmoqda”, deydi muxbir aeroportdan turib.

“Uzbekistan airways” AJ özining rasmiy sahifasida bu holatni quyidagiça izohlagan:

“Hurmatli yölovçilar! Muhim ma'lumot:

2021 yilning 28 martidan “Uzbekistan airways” AJ özining Özbekiston-Istanbul/Dubay/Şarja va orqaga qaytiş yönalişlaridan taşqari barça yönalişlarda “Piece Concept” (bagajlar soniga köra) tartibi böyiça olib ötiladigan bagaj me'yorlarini kiritmoqda. Şunga köra, “Piece Concept” olib ötiladigan bagaj me'yorlari amal qiladi:

  • Xizmat körsatişning biznes klassi — uç ölçov summasi böyiça 32 kg.dan oşmagan va gabariti 158 sm.dan oşmagan oğirlikdagi 1 röyxatga olingan bagaj, (INF) örni berilmagan çaqaloq uçun uç ölçov summasi böyiça 10 kg.dan oşmagan va gabariti 115 sm.dan oşmagan 1 röyxatga olingan bagaj;
  • Xizmat körsatişning ekonom klassi — uç ölçov summasi böyiça 23 kg.dan oşmagan va gabariti 158 sm.dan oşmagan oğirlikdagi 1 röyxatga olingan bagaj, (INF) örni berilmagan çaqaloq uçun uç ölçov summasi böyiça 10 kg.dan oşmagan va gabariti 115 sm.dan oşmagan 1 röyxatga olingan bagaj;
  • Ekonom klassi uçun qöl yuki — 1 bagaj uçun 8 kg, biznes klassi uçun – 1 bagaj uçun 10 kg. Qöl yuki ölçami uç ölçov summasi böyiça 115 sm.dan oşmasligi lozim.

Istisno holatlar:

  • Özbekiston – Istanbul/Dubay/Şarja va orqaga qaytiş yönalişlarida olib ötiladigan bagaj me'yori “Weight Concept” tartibi böyiça amal qiladi. Şu bilan birga, Istanbul/Dubay/Şarjaga/dan bölgan ötuvçi xalqaro yönalişlarda olib ötiladigan bagaj me'yori PC böyiça qöllaniladi (istisno Özbekistonning şaharlariga/dan – Istanbul/Dubay/Şarja va orqaga qaytiş ötuvçi yönalişlarida olib ötiladigan bagaj me'yori “Weight Concept” tartibi böyiça qöllaniladi);