08:08 / 22.06.2020
9380
Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Xalqaro jurnalist bo‘lishni qattiq xohlagandim» 
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bitiruvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Toshkent shahridagi ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash va yoshlarning maqsad hamda rejalari, kelajagi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

«Kuchli xalqaro jurnalistlar bo‘lar edi, fuqarolar urushi joylaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishardi. Eng kuchlilardan yana ikkitasi - Shahnoza G‘aniyeva va Muxtor G‘aniyev. O‘zbeklardan chiqqan. Ular Afg‘onistondan, og‘ir-og‘ir joylardan jurnalistlik faoliyatini olib borishardi. Men ularga juda havasim kelardi, men ham ularga o‘xshab xalqaro jurnalist bo‘lishni juda ham xohlaganman. 

O‘sha vaqtda Xalqaro diplomatiya instituti ochilgandi, o‘sha yerga kirish uchun hujjatlarni topshirdik, lekin men kira olmaganman. Ammo, chin dildan diplomat bo‘lishni xohlaganman, chin dildan xalqaro jurnalist bo‘lishni xohlaganman», - dedi hokim. 

Uchrashuvda ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridagi o‘qishni istagan, yaxshi mutaxassis, zo‘r ixtirochi, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan yoshlarning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi. 

Top