Akfa va Artel kompaniyalari asosçisi, Toşkent şahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayev importga çeklovlar kiritilişiga qarşi ekanini bildirdi. Bu haqda u “Lolazor” podkastidagi iştiroki vaqtida aytib ötdi.
Ortiqxöjayevning Artel kompaniyasi Özbekistonda eng yirik maişiy texnika işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. 2019 yilgaça mamlakatga xorijdan konditsioner, sovutkiç kabi maişiy texnikalar uçun import bojlari 0 foiz edi. Öşa yili noyabrda maişiy texnika tovarlari uçun 30 foizgaça bojlar kiritildi. Qolaversa, jismoniy şaxslar xorijdan har oyda köpi bilan 1 ta maişiy texnika olib kira olardi, 2019 yilda bu çeklov 6 oyda 1 ta deb oşirildi. Qöşni mamlakatlardan olib kiriladigan tovarlar qiymati 1000 dollardan 300 dollarga tuşirildi.
“Mana şu çeklovlardan sizning biznes strukturangizning asosiy ikki ustuni bölgan Akfa va Artel kompaniyalar guruhlari yutdimi yoki yutqazdimi?” deya söradi podkast rezidenti, iqtisodçi Otabek Bakirov.
Bunga javoban Jahongir Ortiqxöjayev har qanday import çeklovlariga qarşi ekanini aytdi.
“Bizning kompaniyaga qolsa, masalan, Artel, öşa kuni Şohrux ham aytdi, biz importga har qanday çeklov qöyişga qarşimiz. U bizga zarar. Oçiqçasiga zarar beradi.
Biz har tomonlama hisoblab çiqdik. Mana, bugungi kunda biz tölayotgan soliqlar va çet eldan olib kirayotganlar tölayotgan soliqlarni soliştirsak, agar bizga ham nol, importdan kirib kelayotganga ham nol bölsa, biz yutamiz ekan, yana köproq foyda topar ekanmiz”, – dedi u.
Xuddi şunday pozitsiyani avvalroq Kun.uz studiyasidagi suhbatda Artel boşqaruvi raisi Şohrux Röziqulov ham aytib ötgan edi.
Otabek Bakirov podkastdan keyin mahalliy işlab çiqaruvçilarni himoya qiliş uçun joriy etilayotgan çeklovlar mahalliy işlab çiqaruvçilarga ziyon keltirayotganini sohadagi eng yirik işlab çiqaruvçining özi tasdiqlab turganidan kelib çiqib, taşqi savdo sohasi böyiça mas’ullarni maişiy texnikadagi proteksionizmdan voz keçişga çaqirdi.
“











