Toşkent şahri hokimligi Yangihayot tumanida qurilişi boşlanib, keyinroq işi töxtab qolgan Minerva City majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib çiqqani ma’lum böldi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.  

Yangihayot tumani hokimi Hayot Inoğomovga köra, 29 yanvarda oxirgi sud işi bölib, unda hokimlik yutib çiqqan. Şu bilan [hududni tadbirkorga quriliş uçun ajratiş töğrisidagi] qaror bekor qilinib, 100 gektarlik yer davlatga, ya’ni Toşkent şahar hokimligi balansiga ötkazilgan.  

“Undan keyin ular yana apellyatsiyaga berişdi. Hozir biz şu apellyatsiyani kutyapmiz. Lekin apellyatsiya şikoyatini öqib çiqsak, huquqiy tomondan yutadigan vajlarni körsatişmagan. Yaqin 15 kunda sudning oxirgi qarori bizga hal böladi. Yer davlatga özi qaytib bölgan, apellyatsiya arizasi berilgani uçun sud uni qayta körib çiqmoqda”, – degan Inoğomov. 

Qöşimça qilinişiça, uy uçun tölov qilgan 6 nafar fuqarodan taşqari qolgan hammaga kompaniyaning özi pulni qaytarib bergan. Ular rozi bölib, öşa tölangan pulni olib çiqib ketgan. 6 kişi esa istamagan.  

“Ular sudda ham iştirok etib, [kompaniya bilan] boşqa loyiha qilamiz degan ma’noda tadbirkor bilan özi gaplaşib oldi. Ularning davlatdan da’vosi yöq”, – deyiladi hokimning keltirilgan gaplaridan. 

Ma’lum bölişiça, 100 gektarlik davlatga qaytgan maydonda boşqa turar joy majmuasi barpo qilinadi. Uning yonida oliygoh qad rostlaşi mumkin. Inoğomov bu katta hudud Xitoyga bölgan safar davomida investorlarga körsatilganini aytarkan, xaridorlar köp bölganini ta’kidlagan.  

“Unga pul tikaman degan investor bor. Taxminan 96−100 gektar joyda uy-joy böladi. 35−40 ming fuqaro yaşaydigan xonadonlar tuşişi reja qilinmoqda. Uning içida barça xizmat körsatiş obektlari böladi. Hali u darajaga yetmagan bölsak ham, uning yoniga bir universitet olib kelmoqçimiz. Bizning tumanda ham bitta oliygoh bölsa, tumanda ziyolilar soni köpayadi”, – degan tuman hokimi. 

Şuningdek, tuman hokimi qurilişi reja qilingan oliygoh xususiy yoki davlatniki bölişini, lekin bu Iqtisodiyot yoki moliya universiteti emasligini aytgan. Avvalroq Çilonzor tumanidagi Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining Sergeli tumaniga köçirilişi ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqalgandi