20:11 / 25.06.2020
6574
Qashqadaryoda 17 bemor sog‘aydi, O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4800ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning uch hududida yana 51 bemor koronavirusdan sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4775 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 27 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, jami 51 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Toshkentda tuzalganlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 56 yoshda va eng kichigi 19 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlaridan va 1 nafardan Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan. 

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2635 nafarga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida Covid-19’dan tuzalganlarning 6 nafari ushbu hududdan bo‘lsa, 10 nafari Qozog‘iston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir. Ularning 14 nafari erkak, 3 nafari ayol, shuningdek, eng yoshi kattasi 51 yoshda, kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Endilikda Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning soni 23 nafarga yetdi. Bungacha viloyatda oxirgi marta koronavirusga chalingan bemor 1 mayda sog‘ayib chiqqandi. 

Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu hududdan. Ularning 4 nafari erkak va 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, eng kichigi 2019 yilda tug‘ilgan. Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 270 nafarga yetdi.

Bundan oldinroq, Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 39 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.

Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda shu soatgacha 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4775 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 23 iyun kuni 110 nafar, 24 iyun kuni esa 125 nafar bemor sog‘ayib chiqqandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top