14:46 / 26.06.2020
4108
«Chinor» YPX maskanida katta miqdorda rangli metallar ushlandi

YPX inspektorlari transport vositasini yukxonasini tekshirish vaqtida, yukxonada katta miqdordagi rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Foto: IIBB YHXB matbuot xizmati

Joriy yilning 25 iyun kuni Toshkent viloyatining “Chinor” muntazam YPX maskanida xizmat o‘tayotgan YPX inspektorlari, kichik serjant J.Abdurahmonov hamda safdor Ya.Toshev tekshirish uchun Namangan viloyati tomonidan Toshkent yo‘nalishiga qarab harakatlanayotgan “Isuzi” rusumidagi, haydovchi R.U. boshqaruvidagi transport vositasini tekshirib ko‘rish uchun to‘xtatishgan. 

Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YPX inspektorlari transport vositasini yukxonasini tekshirish vaqtida, yukxonada katta miqdordagi rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng haydovchi, transport vositasi hamda ashyoviy dalillar tuman IIBga olib borildi. 

U yerda qoplardagi rangli metallar tortib ko‘rilganida, ularda 3 tonna 
100 kilogramm, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan alyumin kukunlari borligi ma'lum bo‘ldi. 

Top