Britaniya AQŞdan keyin Rossiya alyuminiy, mis va nikel importiga embargo joriy qildi. 12 aprel, juma kuni e’lon qilingan AQŞ Moliya vazirligi va Britaniya hukumati veb-saytlaridagi bayonotlarga köra, Çikago va Londondagi birjalarda uşbu metallar bilan savdo qiliş taqiqlanadi. AQŞ Moliya vazirligining aniqlik kiritişiça, çeklovlar taqiq kuçga kirgunga qadar qazib olingan metallarga taalluqli emas.
Rossiya dunyoda nikelning taxminan 6 foizi, alyuminiyning 5 foizi va misning 4 foizini işlab çiqaradi. Bloomberg qayd etişiça, London metall birjasi (LME) omborlarida 2024 yilning mart oyi oxiri holatiga köra, Rossiya alyuminiyi zaxiralarning 96 foizini, nikel – 62 foizini va misi – 36 foizini taşkil qilgan. Britaniya hukumati hisob-kitoblariga köra, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi ortidan metall eksportidan tuşgan daromadi 25 milliard dollardan 15 milliard dollargaça kamaygan. Qabul qilingan çora-tadbirlar uşbu miqdorni kamaytirişga qaratilgan.
Yevroittifoq RFdan metallarga nisbatan sanksiyalar kiritişga şoşilmayapti
Şu bilan birga, Rossiya Federatsiyasidan metall importi Rossiya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi savdoning asosiy yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. 2023 yil oxiridagi ma’lumotlarga köra, Ukrainada uruş boşlanganidan beri Rossiya metallarining Yevropa Ittifoqiga importi 13,7 milliard yevroni taşkil qilgan. Rossiya metallarining eng yirik xaridorlari orasida Germaniyaning GGP Metal Powder (uruş boşlanganidan beri 66 million dollarlik mis), Fransiyaning qurol işlab çiqaruvçi Safran (25 million dollarlik titan) va Niderlandiyaning C. Steinweg logistika firmasi (100 million dollarlik turli metallar) bor.
Avvalroq köplab ekspertlar Rossiya metallari savdosini taqiqlaş Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining keyingi paketlaridan biriga kiritilişi haqida fikr bildirgandi.













