Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda 13 tonnadan ortiq rangli metallar talon-toroj qilinishining oldi olindi
Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan harakatlanayotgan vaqtida shubha uyg‘otgan MAN rusumli yuk avtomobili kuzatib borilgan.
Mashina Chirchiq shahridagi "O‘zmetkombinat" AJ korxonasi hududidagi qora metall qabul qilish shoxobchasiga kirib tarozidan o‘tayotganda to‘xtatilib, tekshirilgan.
Xolislar ishtirokida yuk avtomobilining tirkama qismi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, davlat mulki bo‘lgan taxminiy og‘irligi 13 tonnadan ortiq kimyoviy aralashmalar uchun mo‘ljallangan rangli metallar borligi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida yuk avtomobili haydovchisi, Chirchiq shahrida yashovchi F.E. ekani, mazkur yukning hech qanday hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish uchun Chirchiq shahar IIOFMBga hujjatlar taqdim qilingan.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026