13:22 / 30.06.2020
16488
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan O‘ktam Salomov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: andmiedu.uz

O‘ktam Rahimovich Salomov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘ktam Salomov muqaddam Andijon mashinasozlik instituti rektori bo‘lgan, 2019 yil iyunda esa Kongratboy Sharipov o‘rniga Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

Ma'lumot uchun, 2019 yil mayida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan Kongratboy Sharipov 2019 yilning noyabrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor bo‘lgandi. Shundan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi bo‘sh qolayotgandi.

Top