Kuni keça ijtimoiy investitsiyalar kiritiş sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Tadbir davomida Senat rais birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, Kolumbiya universiteti professori, Uilyam Eymikelar ijtimoiy muammolarda davlat-xususiy şerikçiligi masalasida nutq sözladi.

Davra suhbatida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi rektori Kongratboy Şaripov sohadagi muammolar haqida töxtaldi.

«Bu mavzu nafaqat boşqa sohalarga, ayniqsa ta'lim sohasi uçun juda dolzarb hisoblanadi. Oliy ta'lim tizimini oladigan bölsak, birinçi navbatda talabalarga şaroit yaratiş muhimdir. Ularning yotoqxonalari qurilişi, öquv binolarining qurilişi, moddiy bazasini yaratiş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini bajarişda davlat-xususiy şerikçiligidan foydalaniş vaqti keldi», — dedi oliy öquv yurti rektori.

Xorijlik mutaxassis ötkir ijtimoiy muammolarni hal etişga e'tibor qaratiş, bunda davlat, xususiy sektor va jamoat taşkilotlari örtasidagi hamkorliklar masalalariga töxtalib ötdi.

Tadbirda «Ijtimoiy ahamiyatli investitsiyalar» kitobi muallifi, professor Uilyam Eymike AQŞ va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ijtimoiy investitsiyalar doirasida davlat va xususiy sektor hamkorligining muvaffaqiyatli tajribasi haqida sözlab berdi, bunday turdagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaysi muhim omillar ta'sir körsatişi haqida öz qaraşlari bilan örtoqlaşdi. 

«XX asrdagi har qanday islohot davlat mulkini xususiylaştiriş hisobiga amalga oşirildi. Endi esa vaziyat özgardi. Işonçim komil, XXI asrda ijtimoiy va siyosiy islohotlar davlatning xususiy şeriklar bilan hamkorligi asosida röyobga çiqariladi. Qarorlar barça tomonlar fikrlaridan kelib çiqib qabul qilinadi. Bu ijtimoiy va siyosiy hamda xususiy sektorlarga ham tegişli böladi.

Masalan, şahar transport infratuzilmasini yaxşilaş uçun tomonlar metropoliten liniyasini yanada kengaytiriş yoki mototsikl işlab çiqarişni oşiriş masalasini birga ötirib muhokama qilişi kerak.

Ijtimoiy investitsiyalar, davlat-xususiy şerikçiligiga bir neça misollar keltirib ötsam. Masalan, Nyu-York markaziy parkini olaylik. Juda ovloq va taşlandiq joylar edi. Biz bu joyga ijtimoiy investitsiya jalb etdik. Hozirda bu joy juda ham körkam va taşrif buyuruvçilar uçun bepul. Bu joyda kuniga minglab insonlar hordiq çiqarişi mumkin.

Boşqa misollardan, Rio-de-Jyeneyrodagi «Ertangi kun muzeyi»ni qurişni olsak. Bunda yuqorida aytilganidek uç tomonlama: davlat, xususiy sektor va nodavlat jamoat taşkilotlarining hamkorligini köriş mumkin. Muzeyning loyihasini nodavlat taşkilot bajargan, qurilişini xususiy sektor kompaniyalari bajarib berdi», — dedi professor Eymike.