17:02 / 30.06.2020
27261
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8400ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 87 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 30 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8385 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 72 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 163ta yangi holat aniqlandi, Toshkent, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda jami 73 bemor koronavirusdan sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5569 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2791 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top