Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi.

Foto: O‘zA
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2013 yildan buyon O‘zA bosh direktori o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan Jumanazar Meliqulov o‘rnini egallagan.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Jumanazar Xaitovich Melikulov ushbu lavozimdan ozod qilindi», deyiladi agentlik xabarida.
Xushnud Xudoyberdiyev 2020 yil yanvaridan buyon Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zA bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
2019 yilning dekabr oyida prezident qarori bilan O‘zAning vazifalari yangilangandi. Agentlik qoshida maslahat kengashi va media markaz tashkil etish rejalashtirilgan. 2020 yilning fevral oyida O‘zA unga yangi qurilmalar sotib olish va yangi portalni ishga tushirish uchun 5,4 milliard so‘m ajratishni ko‘zda tutuvchi hukumat qarorini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
-
Mers: Yevropa Trampni Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 09:02
-
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
Jamiyat | 08:35
Mavzuga oid

16:56 / 26.01.2024
“Bu normaga jamiyat va qonunchilikda ehtiyoj yo‘q” - faollar IIO xodimlarini tasvirga olib tarqatishni cheklashga oid qonun haqida

16:31 / 29.09.2023
«Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarni xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

13:39 / 22.09.2023
“Madaniy meros obektlari xususiylashtirilishi mumkin emas” - Madaniy meros agentligi

14:50 / 12.09.2023