10:02 / 02.07.2020
33264
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8900dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 123 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

1 iyul kuni O‘zbekistonda 278ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi,  Toshkent shahri, Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida jami 165 bemor tuzalib chiqdi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 5847 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 3030 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top