19:03 / 03.07.2020
4640
Soxta bojxona hujjatlari fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan oshxona anjomlari va yugurish yo‘laklari “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘rnatilgan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi, jumladan tovarning qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligini belgilovchi sertifikatlari, shuningdek invoys va o‘rov varaqlarida yuk jo‘natuvchining  muhr izlari reprografiya usulida rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlandi. 
Natijada, 240,4 million so‘m miqdoridagi davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top