10:52 / 05.07.2020
6535
Hindistonda chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatida chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi va 29 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Allohobodda 8 kishi, Mirzapur va Bxadoxida 6 kishidan, Kausambida yana 2 kishi va Jaunpurda bir kishi chaqmoq urishi qurboni bo‘lgan. 

Mahalliy hokimiyat halok bo‘lganlar oilalariga kompensatsiya to‘lashga va'da bergan.

Hindistonda iyun oxirida ham 2 kun ichida chaqmoq urishdan 130 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. Eng ko‘p qurbonlar Bixar shtatida qayd qilinib, ularning soni 83 nafarni tashkil qilgan. 

Top