19:30 / 06.07.2020
16880

JSST missiyasi Turkmanistonga kelmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 5 kishidan iborat ekspertlar guruhi Turkmanistonga tashrif buyurmoqda. 

Tashkilotning mintaqaviy direktori Hans Klyuge tvitterdagi akkauntida Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahridan Ashxobodga charter reys amalga oshirayotgan «Turkman aviayo‘llari» samolyoti suratini joylashtirgan.

JSST missiyasi Turkmanistonda 10 kun davomida bo‘ladi, bu muddat davomida mahalliy ma'murlar bilan koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlikning turli jihatlari bo‘yicha ish olib  borish rejalashtirilgan. Delegatsiya tarkibida epidemiologiya va jamoat sog‘ligini saqlash sohalari vakillari bo‘lgan 5 nafar xalqaro  ekspertlar o‘rin olgan.

Tashkilot rasmiysi Katrin Smolvud ushbu mamlakatda virus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilganini ta'kidlagan. 

JSST shu yilning 11 martda koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilgandi. Ayrim manbalar ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus 2019 yil noyabridayoq tarqalishni boshlagan.

Turkmaniston Markaziy Osiyoda koronavirus rasman aniqlanmagan yagona davlat hisoblanadi. Bungacha JSST mutaxassislarining ushbu mamlakatga tashrifi bir necha marta qoldirilgandi. 
 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top