23:53 / 07.07.2020
5302
Sudlanganlik haqida ma'lumotnoma kuchli o‘nlikda – DXA talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini ma'lum qildi

Davlat xizmatlari Kun.uz’ga jamoatchilik tomonidan talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: KUN.UZ

Ro‘yxatdan 10 ta davlat xizmati joy olgan.

Agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning qayd etishicha, bugungi kunda o‘zbekistonliklar tomonidan talab yuqori bo‘lgan 10 ta davlat xizmati quyidagilar:

1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta'minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish     

2. Sudlanganlik haqida ma'lumotnoma berish;

3. STIR ni aniqlash;

4. Tabiy gazni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni qayta qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish uchun ariza berish;

5. Fuqarolarga farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish;

6. Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotnoma berish;

7. Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish     

8. Kadastr pasportini kelishish;

9. Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati;

10. Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berish.

Zokirovaning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatlari markazlarining filiallari tomonidan joriy yilning 1 yanvaridan 1 iyul kuniga qadar jami 17 912 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublikamiz shahar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarida Davlat xizmatlari markazlarining jami 57 ta filiallari faoliyat yuritmoqda.

Top